Kanadaning Viktoriya shahrida Bandida laqabli mushuk yonidan o‘tib ketayotgan yetti pitbul va ularning egasiga hujum qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Hujum oqibatida itlar va ularning egasi bo‘lgan ayol jarohatlar oldi. Ayol kechani shifoxonada o‘tkazdi.
Bandidaning egasi o‘z mushugidan bunday g‘azabni kutmaganini tan oldi. Ayolning aytishicha, itlar uning bolasiga juda yaqinlashgan. Bundan xavfsiragan mushuk pitbullarga tashlangan.
Muammo tinch yo‘l bilan hal bo‘ldi — Bandidaning egasi pitbullarning egasiga 222 dollarlik chek yozib berdi.
Izoh (0)