Hindistonlik erkak oxirgi ikki oy ichida bir necha o‘nlab pichoqni yutib yubordi, ularni chiqarib olish uchun jarrohlik aralashuvi talab etildi. Bu haqda CNN ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“U metall buyumlarni yeyishga yengib bo‘lmas xohishni his qilgan. Tajribali jarrohlar uchun ham vaziyat qo‘rqinchli edi”, — deydi shifokorlardan biri.Shifokorlar operatsiyani ikki kun rejalashtirdi, jarayonning o‘zi besh soat vaqt oldi.
Bemorning oshqozonidan yig‘ma pichoqlar ham topilgan, ularning ochilgan holatdagi uzunligi 17,5 santimetrgacha yetadi. Ba’zi pichoqlar yig‘ilgan, ba’zilari ochilgan holatda bo‘lgan. Ulardan ba’zilari esa zanglay boshlagan.
Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan, biroq 42 yoshli bemor ruhshunosning ko‘rigidan so‘nggina shifoxonani tark etishi mumkin.
Erkakning o‘zi nega pichoqlarni yutganligini tushuntirib bera olmagan va boshqa bunday qilmaslikka ishontirgan.
Mutaxassislar erkak noyob ruhiy buzilishdan aziyat chekishini taxmin qilmoqda. Operatsiyani o‘tkazgan jarrohlar bemor yana organizmida temir yetishmayotganligini his qilsa, ko‘proq ismaloq yeyishni tavsiya qildi.
Izoh (0)