Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe KXDR mamlakatga nisbatan provokatsiyaga, shu jumladan, kiberhujum xarakteriga ega harakatlarga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda davlat rahbari 22-avgust, dushanba kuni Janubiy Koreya–AQSh o‘rtasidagi Ulchi Freedom Guardian harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari boshlanishi munosabati bilan chaqirilgan milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Shimoliy Koreya rejimi darz ketayotgani munosabati bilan u yerda tartibsizliklar boshlanishi mumkin. Pxenyan ularni bartaraf qilish uchun turli provokatsiya va kiberhujumlar orqali Janubiy Koreya jamiyatida sarosima keltirib chiqarishga urinadi”, – dedi Pak Kin Xe.
Ulchi Freedom Guardian o‘quv-mashg‘ulotlari sentabr boshiga qadar davom etadi. Unda AQSh va Janubiy Koreyaning bir necha ming harbiy xizmatchisi ishtirok etmoqda.
Seul va Vashington har yili o‘tkaziladigan Ulchi Freedom Guardian o‘quv-mashg‘ulotlari himoyaviy xarakterga ega ekanini bir necha bor ta’kidlaganiga qaramay, Pxenyan ushbu mashg‘ulotlarni KXDRga bostirib kirishga tayyorgarlik deb hisoblamoqda. Ayni damda Janubiy yarim orolda 28,5 ming amerikalik askar joylashtirilgan.
Izoh (0)