Rio–2016 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasiga 4 ta oltin medaldan uchtasini bokschilar – Hasanboy Do‘stmatov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg) hamda Fazliddin G‘oibnazarov (-64 kg) olib keldi.
O‘zbekiston boks terma jamoasi murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov uchala Olimpiada chempionini o‘z yelkasida ko‘tarib, shogirdlarining quvonchiga sherik bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Rio—2016 Olimpiadasida jami 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, tarixda ilk marta dunyoda 21, Osiyoda 4, MDHda 2, Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid:
O‘zbekistonning yozgi Olimpiadalardagi barcha oltinlari — Riodagi o‘yinlardan so‘ng. Bitta rasmda
Rio—2016. O‘zbekiston boks termasi Kuba, Rossiya, Qozog‘iston kabilarni ortda qoldirib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Rio—2016 da sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarning umumiy pul mukofoti 1 mln 525 ming AQSh dollariga teng bo‘ldi
Izoh (0)