AQShning Afg‘onistondagi kontingenti qo‘mondonligi Hilmand viloyati markazi Lashkargoh shahriga 100 nafar harbiy xizmatchini yo‘lladi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Brigada generali Charlz Klivlend askarlar Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini “Tolibon”ga qarshi kurashga tayyorlash bilan shug‘ullanishini tushuntirib o‘tdi. Bundan tashqari, ular toliblarga qarshi kurashayotgan kuchlarga yordam ko‘rsatadi.
Hilmand ma’muriyati mintaqaga yanada ko‘proq amerikalik harbiylarni tashlash rejalari borligini aytdi.
Muqaddam Afg‘oniston harbiylari va politsiyasi “Tolibon” jangarilarining Lashkargohga hujumini qaytargani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)