O‘zbekistonlik taekvondo ustasi Dmitriy Shokin Rio—2016 Olimpiadasidagi uchinchi jangida nigerlik Issufu Abdulrazzoqqa qarshi tatamiga chiqdi.
80 kilogrammdan yuqori vaznga ega bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shokin 1/8 finalda xitoylik raqibini mag‘lub etgandi, chorak finalda esa kubalik Rafael Kastilodan ustun keldi.
Nigerlik sportchiga qarshi bo‘lib o‘tgan final ostonasidagi jang Dmitriy Shokinning 2:8 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakuniga yetdi. Shu tariqa Niger mamlakati sportichisi final chiptasini qo‘lga kiritdi.
Endi Shokin Rio—2016 bronzasini qo‘lga kiritish uchun jang qiladi.
Izoh (0)