XXI yozgi Olimpiada poytaxti – Rio-de-Janeyro shahridagi favelalarda (qashshoq dahalarda) to‘qnashuvlarning tez-tez sodir bo‘lishi xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga olib keldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
5-avgust kuni Olimpiada boshlanganidan buyon huquq-tartibot xodimlarining jinoiy guruhlar bilan otishmasi oqibatida kamida 14 kishi o‘ldirildi.
Mahalliy aholining ma’lum qilishicha, politsiyachilar Olimpiada mehmonlarining himoyasini ta’minlashga harakat qilayotgani uchun shaharning nochor hududlarida odamlar doimiy nazorat, operatsiyalar va uylarning tintuvi ostida qolmoqda.
Izoh (0)