Eron g‘arbida terrorchilik guruhi zararsizlantirildi. Bu haqda, 20-avgust, shanba kuni Eron axborot vazirligi tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Xudkush kamarlari”, portlovchi qurilmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan moddalar va terakt sodir etish uchun kerak bo‘ladigan boshqa jihozlar musodara etilgan.
“15—16-avgust kunlari olingan tezkor ma’lumotlar asosida yashirin harakat qilayotgan bir necha ekstremistlar aniqlanib, qo‘lga olindi. Ulardan Kalashnikov avtomatlari, AQShning M-16 vintovkalari, granatalar, ‘xudkush kamarlari’, elektrodetonatorlar, portlovchi qurilmalarni tayyorlash uchun moddalar hamda Eron hududida terakt sodir etish uchun mo‘ljallangan boshqa buyumlar musodara etildi. Terrorchilarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya Eron armiyasi harbiy xizmatchilari hamda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda qo‘lga olingan jangarilarning soniga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)