Rio—2016 Olimpiadasining 97 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchilari o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Magomed Ibragimov chorak final chiptasini qo‘lga kiritdi.
Saralash musobaqasida uning Gvineya-Bisaudan bo‘lgan raqibi gilamga chiqishdan bosh tortgan bo‘lsa, 1/8 finalda nigeriyalik Soso Tamarau Magomeddan 0:13 hisobida yengildi.
O‘zbekiston nomidan gilamga chiqayotgan Magomed Ibragimov Rio medallari uchun kurashni davom ettiradi.
Izoh (0)