Erkin kurash bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ixtiyor Navro‘zov final uchun kechgan kurashda rossiyalik raqibi Soslan Ramonovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa 14:3 hisobida zafar quchgan rossiyalik musobaqaning oltin medallari uchun gilamga chiqadigan bo‘ldi. Ixtiyor Navro‘zov esa O‘zbekiston delegatsiyasi uchun bronza medalini taqdim etish yo‘lida kurashib ko‘radi.
Izoh (0)