Bangladesh poytaxti Dakkadagi Bashundxara savdo markazida kuchli yong‘in kelib chiqdi. “TASS”ning Dhaka Tribune’ga asoslanib bildirishicha, bir necha o‘n kishi ichkarida qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Yong‘in markazning oltinchi qavatida boshlandi. Xaridorlar va savdogarlarning ko‘pchiligi binoni mustaqil ravishda tark etdi, 20 kishini qutqaruvchilar olib chiqdi. O‘t o‘chirish xizmati vakilining ma’lum qilishicha, yana bir necha o‘n kishi ichkarida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Bino tomida odamlar borligi aytilmoqda.
Voqea joyiga 14 ta o‘t o‘chirish brigadalari yetib keldi.