O‘zbekistonlik taekvondochi Nigora Tursunqulova Rio—2016 Olimpiadasining 67 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi turnirning chorak finalida ozarbayjonlik Farida Azizovaga qarshi bahs olib bordi.
“Sports.uz”ning ma’lum qilishicha, mazkur bellashuv ozarbayjonlik sportchining 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Nigora Tursunqulova esa aynan chorak finalda o‘z ishtirokini to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi nimchorak finalda shvetsiyalik Elin Yoxanssonni mag‘lub etgandi.
Izoh (0)