Mavrikiylik sportchi ayol Fabyen San-Lui triatlon bo‘yicha Olimpiya turnirida ishtirok etadi, onkologik xastalikka yo‘liqqani uning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lmaydi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Dekabr oyida shifokorlar so‘lak bezimda saraton borligini aniqladi. Shu kundan boshlab men xastalikka qarshi kurasha boshladim. Onkologiya — taslim bo‘lish uchun sabab emas, xastalikni yengish uchun kuchli bo‘lish kerak. Olimpiadada chiqishim bois o‘zimni kuchli his qilmoqdaman”, — dedi ayol.
So‘lak bezi saratoni kam uchraydigan xastalik bo‘lib, onkologik kasalliklarning 0,5–1 foizini tashkil etadi.
Izoh (0)