Rio—2016 Olimpiadasining kanoeda eshkak eshishdagi juftlik musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar marraga sakkiz nafar juftlik orasida sakkizinchi bo‘lib yetib keldi.
1000 metr masofaga suzishda Gerasim Kochnev va Serik Mirbekov juftligi yarim final bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tgandi. Medallar uchun kurash kechgan finalda esa o‘zbekistonlik sportchilarga so‘nggi pog‘ona nasib qildi.
Dastlabki uchlikni Germaniya, Braziliya va Ukraina sportchilari qo‘lga kiritdi. Finalda, shuningdek, Vengriya, Kuba, Chexiya va Rossiya kanoechilari ham ishtirok etdi.
Izoh (0)