Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari erkin kurash bahslarining -74 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Bekzod Abdurahmonov musobaqaning ilk jangida rossiyalik Anuar Geduyevga qarshilik qilib, 5:10 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Rossiyalik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani uchun Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun qo‘shimcha saralashda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
“Sports.uz”ning xabar qilishicha, qo‘shimcha saralashning ilk jangida o‘zbekistonlik kurashchi AQSh vakili Jordan Ernest Borrouzni 11:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bronza medali uchun saralashning ikkinchi bosqichiga yo‘llanma oldi.
Ushbu bosqichda Bekzod Abdurahmonov yarim finalda rossiyalik Anuar Geduyevdan yengilgan ozarbayjonlik Jabroil Hasanovga qarshi kurashdi va 7:9 hisobida imkoniyatni boy berdi hamda Riodagi ishtirokini yakunladi.
Ma’lumot uchun, erkin kurash bo‘yicha -74 kilogramm vazn toifasida oltin medalni eronlik Hassan Yazdani, kumush medalni esa rossiyalik Anuar Geduyev qo‘lga kiritdi. Bronza medali turkiyalik Soner Demirtoshga nasib qildi.
Izoh (0)