O‘zbekistonlik taekvondo ustasi Nikita Rafalovich Rio—2016 Olimpiadasidagi birinchi jangini tunislik Ussama Uyeslatiga qarshi o‘tkazdi.
Turnirning 1/8 finali bosqichi doirasida tatamiga chiqqan Nikita Rafalovich asosiy vaqtda 8:8 hisobida durang qayd etdi. Natijada hakamlar oltin ochko qoidasini ishga tushirdi.
1:7 hisobida ortda bora turib, yakunda hisobni tenglashtirgan Nikita, oltin ochko jangida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Izoh (0)