Rio–2016 Olimpiadasining qizlar o‘rtasidagi erkin kurash bo‘yicha -63 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan yaponiyalik Risako Kavai 18-avgust kuni final bahsida belaruslik Mariya Mamshukni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kavai Olimpiada chempionligini o‘z murabbiyini yelkasida ko‘tarib yurish bilan nishonladi, deb xabar bermoqda TJournal.
Shuningdek, sportchi qiz murabbiyini hazil tariqasida erkin kurashdagi usullardan biri bilan gilamga yiqitdi.
Suratlarni ko‘rgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari chempion qiz yonida turish xavfli ekanini hazil qilib, g‘alabaning bunday nishonlanishini hech qachon ko‘rmaganini ma’lum qildi.
Izoh (0)