Rio–2016 Olimpiadasining 1000 metrga kanoeda eshkak eshish bahslarida ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘lgan moldovalik kanoechi Sergey Tarnovskiy doping namunasi ijobiy chiqqani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “Moldsport.com” xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, mazkur musobaqada O‘zbekiston vakili Gerasim Kochnev ishtirok etib, 4:04,20 daqiqa qayd etgan va sakkiz sportchi orasida yettinchi natijani qayd etgandi.
Izoh (0)