Qirg‘iziston milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Sport arbitraj sudi (CAS)ning taqiqlangan doping qabul qilgani uchun og‘ir atletikachi Izzat Ortiqovni Rio–2016 Olimpiadasidan diskvalifikatsiya qilish qaroriga apellyatsiya beradi. Bu haqda Qirg‘iziston MOQ matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
18-avgust kuni CAS og‘ir atletikachining doping namunasidan taqiqlangan strixnin moddasini aniqlagani uchun Olimpiadadan chetlashtirgandi. Natijada Ortiqov Rio–2016 dagi -69 kilogramm vazn toifasida erishilgan bronza medalidan mahrum qilingandi.
Qirg‘iziston MOQning rasmiy bayonotida mazkur ish yuzasidan maxsus komissiya tashkil etilib, hodisa sabablarini o‘rganib chiqilishi aytilgan.
Izoh (0)