Eronda ikki avtobusning to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohat oldi. Bu haqda, ISNA agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yo‘l politsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, voqea Tehron-Karaj trassasida sodir bo‘ldi. Katta tezlikda harakatlanayotgan avtobus haydovchisi uxlab qolgani tufayli u yo‘l chetida turgan ikkinchi avtobus bilan to‘qnashib ketdi.
Voqea joyida avtotransport harakati bir soat davomida to‘xtab qoldi. Bu vaqt ichida yo‘l xizmatlari avtobuslarni YTH joyidan evakuatsiya qildi.
Izoh (0)