Atlantika okeanining janubiy qismida, Argentinaning janubi-sharqiy qirg‘og‘i yaqinida 7,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda, AQSh Geologiya xizmatiga asoslanib, “Interfaks” xabar qilmoqda.
Yer silkinishlarining epitsentri Janubiy Georgiya orolidan sharqroqda, 10 kilometr yer ostida joylashgan edi.
Vayronaliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Sunami tahdidi e’lon qilinmadi.
Izoh (0)