AQSh Milliy olimpiya qo‘mitasi (USOC) terma jamoa suzuvchilarining xulqi uchun Rio–2016 tashkiliy qo‘mitasidan uzr so‘radi. Bu haqda USOC matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
AQSh Milliy olimpiya qo‘mitasi ijrochi direktori Skott Blekmanning fikricha, suzuvchilarning bunday xatti-harakati nomaqbuldir va terma jamoaning boshqa a’zolari xulqini ifodalamaydi. Shuningdek, Blekman suzuvchilarni jazolash masalasini ko‘rib chiqishga va’da berdi.
“AQSh olimpiya terma jamoasi nomidan Riodagi Olimpiada tashkilotchilari va Braziliya xalqiga bo‘lib o‘tgan tushunmovchilik uchun uzrimizni keltiramiz”, – dedi Skott Blekman.
Bir necha kun avval AQSh Milliy olimpiya qo‘mitasi terma jamoaning to‘rt nafar a’zosi Rio-de-Janeyro shahrida tunab ketilgani haqida ma’lum qilgandi. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Gunnar Bens, Jek Konger, Jeyms Feygen va Rayan Loxte 14-avgustga o‘tar kechasi kechki bazmdan olimpiya shaharchasiga qaytayotgan bo‘lgan. Ular o‘tirgan taksiga o‘zini politsiya xodimi deb tanishtirgan qurollangan shaxslar tomonidan hujum qilindi. Jinoyatchilar go‘yoki sportchilardan pul va boshqa shaxsiy buyumlarni talab qilgan.
Biroq huquq-tartibot xodimlari jabrlanganlarning arizasi rostligiga shubha qildi. 18-avgust, payshanba kuni sportchilar tunab ketilmagani aniqlandi. Ular yoqilg‘i quyish shoxobchasida zarar yetkazilgan mulkka pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)