AQShning Arizona shtatida istiqomat qiluvchi erkak oziq-ovqat do‘koniga qatnayvergani bois 150 kilogramm vazn tashladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Agar Walmart’ga kuniga uch marta borsang, 90,7 kilogrammni kuydirasan. Bu hayratlanarli, negaki men ilgari hech qachon buncha masofani bosib o‘tmaganman”, — tan oldi Paskuale New York Post’ga bergan intervyusida.
Shifokorlar erkakning qon bosimi va xolesterin darajasi haddan ziyod oshib ketganini ma’lum qilganidan so‘ng u ozish haqida o‘ylay boshladi. Shunda u zararli taomlardan voz kechib, sog‘lom ovqatlana boshladi, lekin bu natija bermadi. Axiyri Paskuale o‘ziga xos metod ishlab chiqdi: har safar och qolganida u eng yaqin universamga yo‘l olar edi. U yerda esa tayyor ovqatlar qatoridan o‘tib ketib, meva-sabzavot va yormalar xarid qilardi.
Dastlabki ikki yil davomida Paskuale 90,7 kilogramm vazn tashladi. Bu yutuqdan so‘ng u trenajyor zaliga qatnay boshladi.
“Vaznim 294,8 kilogramm bo‘lganida sport bilan shug‘ullana olmas edim, negaki trenajyorlarga sig‘masdim”, — eslaydi u.
Jismoniy tarbiya tufayli uchinchi yilga kelib Paskuale 149,7 kilogrammga ozdi.
Izoh (0)