Rossiyalik milliarder, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti Alisher Usmonov Rossiya terma jamoasini Italiyaga bir haftalik mehmonga chaqirdi. Bu haqda, milliy terma murabbiyi Ilgar Mamedovning so‘zlariga asoslanib, “R-Sport” xabar bermoqda.
“Avgust oyi oxirida Usmonov butun jamoani o‘zinikiga mehmonga taklif qildi. 27-kuni biz unikiga mehmonga uchib ketamiz, uchinchi sanaga qadar esa butun terma va ularning oilalari uning mehmoni bo‘ladi”, — ma’lum qildi murabbiy.
Rossiya qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati terma jamoa Italiyada bir hafta dam olishini tasdiqladi.
Rio Olimpiadasida Rossiya qilichbozlari to‘rtta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)