Afg‘oniston harbiylari va politsiyachilari “Tolibon” guruhining Hilmand viloyati markazi — Lashkargoh shahriga uyushtirgan keng miqyosli hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda, EFE agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Qo‘shimcha kuchlar yetib kelganidan so‘ng biz toliblarning Hilmanddagi hamlasini ushlab qolishga erishdik. Ayniqsa Lashkargoh va unga yaqin tumanlarda muvaffaqiyatga erishdik”, — dedi agentlikka bergan izohida viloyatdagi harbiy qismlardan birining vakili Rasul Zazay.
Uning so‘zlariga qaraganda, harbiylar Lashkargohni Qandahor bilan bog‘laydigan yo‘lda avtotransport harakatini qaytadan yo‘lga qo‘yishga urinmoqda.
“Biz bu zonani nazorat ostiga oldik. Ammo asosiy muammoimiz minalar bilan bog‘liq. Minasizlashtirishga vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, yo‘lga jiddiy zarar yetkazildi”, — ma’lum qildi Zazay.
Izoh (0)