Yaqinda O‘zbekiston texnika bozorlariga Xitoyning LeTV kompaniyasi smartfonlari kirib kelgani ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu kompaniyaning O‘zbekistonda taqdim etilgan ilk mahsulotlaridan biri LeTV X501 smartfoni bo‘ldi. Uskuna 7 millimetr qalinlikdagi, tillarang bo‘yoqqa ega metallik korpus bilan ajralib turadi, deb ma’lum qiladi “Mobinfo.uz”.
LeTV X501 8 yadroli, 2 GGs takt chastotali Helio X10 (MT6795) protsessoriga, 5,5 dyuymli FullHD displeyga, 3 Gb operativ va 32 Gb doimiy xotiraga, 5 Mp selfi kamerasi hamda 13 Mp asosiy kameraga, tez quvvatlantirish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan 3000 mA/soat hamjli akkumulyatorga ega. Smartfonni barmoq izlari skaneri yordamida ochish mumkin.
Smartfon Android 5.0 operativ tizimida ishlaydi. “Mobinfo.uz”da aytilishicha, 13-avgust holatiga ko‘ra Toshkent texnika bozorida uning narxi 1,3 million so‘mni tashkil etmoqda.
LeTV X501 ning texnik tavsifi:
- 5,5 dyuymli, FHD yechimli IPS displey;
- SIM-karta uchun ikkita slot;
- FDD / TD-LTE / WCDMA / GSM va TDS tarmoqlari;
- 8 yadroli, 2 GGs chastotali protsessor;
- 3 Gb RAM;
- 32 Gb ROM (xotira kartasi uchun slot yo‘q);
- Barmoq izlari skaneri;
- 13 Mp va 5 Mp kameralar;
- WiFi 802.11 ac, Bluetooth 4.1, GPS/GLONASS/BDS;
- USB Type-C, IK-port;
- Hajmi — 150,1 x 74,2 x 7,6 millimetr;
- Vazni — 170 gramm;
- Akkumulyator — 3000 mA/soat, tezkor quvvatlantirish texnologiyasi;
- EUI 5.5 (Android 5.0);
- Metallik korpus.
Izoh (0)