Hindsitonning Nyu-Dehli shahridagi novvoyxonalaridan birida yuz bergan portlash oqibatida kamida uch kish halok bo‘ldi, yana ikki nafari jabrlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, portlash yuz bergan novvoyxona Nyu-Dehlining sharqiy hududida joylashgan. Novvoyxona xodimlari portlash qurboni bo‘ldi. Tashrifchilar orasida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Portlashdan so‘ng voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar guruhi yetib keldi. Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizildi.
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.
Izoh (0)