Nature Photographer of the year 2016 an’anaviy tanlovining g‘olibi e’lon qilindi. Joriy yilda tanlovda avstraliyalik fotograf Metyu Makintosh g‘olib bo‘ldi, deb ma’lum qiladi “Korrespondent.net”.
U erkak qurbaqaning ikki chivinning hujumiga uchragan lahzalarini fotokadrlarga muhrlab qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Muallif suratga g‘alatiroq nom berdi — “Bosh og‘rig‘i pirsingi”. Surat Avstraliyaning Kedr-Bey milliy bog‘ida tushirilgan.
“Sayohat paytida biz yomg‘ir suviga to‘la eski avtomobil g‘ildiragi atrofida qurillashi eshitilayotgan qurbaqalarni ko‘zdan kechirish uchun to‘xtadik. U yerda ko‘plab erkak qurbaqalar yaqin atrofda turgan urg‘ochilarning diqqatini tortishga urinayotgan ekan”, — deb eslaydi Makintosh.
“Boshimdagi chiroq bilan yagona surat olishga erishdim, unda qurbaqaning boshida o‘tirib oziqlanayotgan ikki chivin aks etdi”, — so‘zida davom etdi suratkash.
“Korrespondent.net” barcha nominatsiyalar g‘oliblarining ishlaridan iborat fotojamlanmani taqdim etdi.
Izoh (0)