Qatar Airways aviakompaniyasining Airbus 330 samolyoti Istanbulning Otaturk nomli aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Qo‘nishga chap dvigatelda o‘t chiqqani sabab bo‘ldi. Layner Istanbuldan Dohaga yo‘l olgan edi, chap dvigatel parvoz boshlanishi bilan o‘t oldi.
Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirildi, yo‘lovchilardan hech kim jarohat olmadi.
Izoh (0)