Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi yangi a’zosi Pol Pogba soch turmagini yana bir bor o‘zgartirib, mankunianlar safidagi debyutiga tayyorlanmoqda, deb xabar qilmoqda “Korrespondent.net”.
Bir necha kun avval 23 yoshli fransiyalik futbolchi Turinning “Yuventus” jamoasidan rekord summa – 105 million yevro evaziga “Manchester Yunayted” safiga kelib qo‘shildi. Pogba yangi jamoasida hali maydonga tushmagan bo‘lsa-da, britaniyalik taniqli rep ijrochisining klipida suratga tushishga hamda FIFA simulyatorining yangi seriyasida paydo bo‘lishga ulgurdi.
Fransiyalik futbolchi o‘zining antiqa soch turmagi bilan jamoatchilikni hayratga solishni yaxshi ko‘radi. Bu safar yarim himoyachi soch rangini mallaga o‘zgartirishdan tashqari, original shakllar chizdirishga va ularni “MYu”ning an’anaviy – qizil rangiga bo‘yashga ham qaror qildi.Pol Pogba “MYu”dagi debyut uchrashuvini 20-avgustga o‘tar kechasi “Sautgempton”ga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.
Izoh (0)