Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Xayber agentligi (huquqiy-hududiy birlik)da sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida ikki nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘ldi, yana yetti nafari yaralandi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda ma’lum qilinishicha, portlash xavfsizlik xizmatiga tegishli mashina oldida sodir bo‘ldi. Portlash Pokiston armiyasining Tirax vodiysida chegaradan noqonuniy ravishda o‘tish nazoratini kuchaytirish operatsiyasidan bir kun o‘tib keyin sodir bo‘lgani alohida ta’kidlanmoqda. Havo va yerda o‘tkazilgan operatsiya davomida 14 jangari yo‘q qilindi, yana 11 nafari jarohatlandi.
Hozircha hech qaysi guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Izoh (0)