O‘rta Yer dengizining g‘arbida Marokash va Ispaniya orasida boshqaruvsiz suzib yurgan ikkita qayiqdagi 50 nafar qochqin qutqarib olindi. Bu haqda, Le Figaro gazetasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ispaniyalik qutqaruvchilar ikkita qayiqni ko‘rib qolib, ulardagi olti nafar marokashlik qochqin va 44 nafar tropik Afrika mamlakatlari fuqarolarini Ispaniyaga olib kelgan.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, 2015-yil davomida Ispaniyaga dengiz yo‘li orqali 4 ming qochqin yetib keldi.
Izoh (0)