BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘z lavozimidan ketgandan so‘ng tashkilot rahbari sifatida ayol kishini ko‘rishni istashini bildirdi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Milliy hukumatlar, biznes, siyosat, shuningdek, madaniyat hamda hayotimizning istalgan boshqa sohasidagi tashkilotlarning yuqori lavozimlarida ko‘plab mashhur ayollarimiz bor”, — deya ta’kidladi bosh kotib.
Pan Gi Munning fikricha, tashkilotni ketma-ket sakkiz nafar erkak kishi boshqargandan so‘ng, BMTning yangi kotibi ilk bor ayol kishi bo‘lish fursati kelgan.
Shu bilan bir paytda bosh kotib bu masaladagi yakuniy qaror o‘zi tomonidan emas, BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan chiqarilishini ta’kidlab o‘tdi.
Pan Gi Munning o‘rnini egallovchi BMT bosh kotibi lavozimiga olti nafar erkak va besh nafar ayol kishi kurashmoqda.
Izoh (0)