Hindistonning Maxarashtra shtati politsiyasi olti kishini o‘ldirishda gumonlanayotgan shifokorni qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya vakilining so‘zlariga qaraganda, u mijozlariga inyeksiya qilish yo‘li bilan ularni o‘ldirgan.
“U ikki ehtirosga ergashgan: hirs va talonchilik”, — dedi u.
NDTV telekanalining bildirishicha, politsiya “Doktor O‘lim” laqabini bergan shifokor Santosh Pol Vai shahrida ishlagan. U asosan ayollarni aldov yo‘li bilan olib kelib, ularni o‘ldirgan.
Santosh Pol kamida olti kishining — besh ayol va bir erkakning o‘limida aybdor deb hisoblanmoqda. To‘rt kishining tanasi uning uyi yaqinidan topildi. Shifokorning jinoyatlari haqida u bilan ishlagan hamshira aytib berdi.
Izoh (0)