AQSh va Rossiya Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini mustahkamlash va gumanitar yordam ko‘rsatishga ruxsat berish bo‘yicha muntazam konsultatsiya olib bormoqda. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati “TASS” muxbiriga Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Moskva va Vashington o‘rtasidagi o‘zaro aloqalari haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
“Biz OAVlarda Rossiya mudofaa vazirining so‘zlari haqida ma’lumotni ko‘rdik. Hozircha ma’lum qiladigan xabar yo‘q. Biz rossiyalik rasmiylar bilan Suriyadagi harbiy hujumlarni to‘xtatish rejimini mustahkamlash, gumanitar yordamni kengaytirish g‘amda ushbu mojaroning siyosiy yechimini topil yo‘llarini muntazam ravishda muhokama qilyapmiz”, – deyiladi muassasa xabarida.
Izoh (0)