Tailandda sodir etilgan qator hujumlar oqibatida turistik sohaga yetkazilgan zarar yil oxiriga qadar 286 million dollarga yetishi aytilmoqda. Bu haqda, Tailand turistik boshqarmasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Idora rahbari Yutasak Supasorning so‘zlariga qaraganda, yil oxiriga qadar mehmonxonalarda buyurtirilgan xonalar 100–200 mingtani tashkil etishi mumkin. Bu turistik biznesga 5,08–10,16 milliard bat (143–286 million dollar) zarar keltirishi mumkin.
Tailandda turizm sohasi YaIMning 10 foizini beradi. Joriy yilda qirollikka 32 million chet ellik turist kelishi kutilayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Tailandning olti provinsiyasida 14 portlash ro‘y berdi (1, 2). Jumladan, Pxuket, Xuaxin singari yirik kurortlar, shuningdek, Trang, Surattxani, Pxangnga, Chumpxon provinsiyalari nishon ostiga olindi. Krabi va Nakxonsitxammarat provinsiyalarida o‘t qo‘yish bilan bog‘liq voqealar kuzatildi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, 35 kishi jarohat oldi.
Muqaddam politsiya hujumlar ortida yangi konstitutsiya loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan referendum yakunlaridan norozi siyosiy kuchlar turganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)