Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida 14-avgust, yakshanba kuni yuzaga kelgan yong‘in oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jabrlandi. Bu haqda 15-avgust, dushanba kuni “Sina” axborot portali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Yong‘in Dunguan okrugining Dalan qishlog‘idagi uylardan birining ijaraga olingan binosida yuzaga kelgan. Olovni o‘chirishda 90 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etdi. O‘t o‘chiruvchilar 14 kishini olovdan qutqarib qoldi, biroq ulardan to‘qqiz nafari shifoxonada halok bo‘ldi. Ikki nafar jabrlanganning ahvoli ham og‘ir.
Politsiya yong‘inning yuzaga kelish sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)