Myunxenning “Bavariya” klubi mavsumni Germaniya Superkubogini yutib olishdan boshladi.
Karlo Anchelotti bosh murabbiyligidagi jamoa o‘tgan mavsumni kumush medallar bilan yakunlagan va Germaniya Kubogi finalida to‘p surgan Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi saf tortdi. Bellashuv taqdirini Arturo Vidal va Tomas Myuller tomonidan urilgan gollar hal qildi — 2:0.
Xosep Gvardiola “Bavariya”ni boshqargan uch yili davomida biror marta ham Germaniya Superkubogida zafar qucha olmagandi. Karlo Anchelotti esa mavsumdagi birinchi rasmiy o‘yinidayoq sovrinli bo‘lib oldi.
Germaniya Superkubogi 14-avgust, yakshanba
Izoh (0)