Dog‘istondagi Tagirkent-Kazmalyar qishlog‘ida aksilterror operatsiyasi rejimi 14-avgust, mahalliy vaqt bilan 20:00 da to‘xtatildi. Bu haqda Dog‘iston milliy aksilterror qo‘mitasi tezkor shtabi vakili “TASS”ga ma’lum qildi.
“Aksilterror operatsiyasi rejimi hududdagi barcha chora-tadbirlarning yakunlanishi munosabati bilan to‘xtatildi”, – deyiladi xabarda.
Tagirkent-Kazmalyar qishlog‘ida aksilterror operatsiyasi 14-avgust, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 07:30 da o‘rnatilgan edi.
Tunda qishloq chetida yo‘q qilingan jangari qidiruvda bo‘lib turgan noqonuniy qurolli guruhning a’zosi sifatida tan olindi.
Izoh (0)