Alepponing janubiy sarhadlarida Suriya qo‘shinlari va isyonchi guruhlar o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar davom etmoqda. “Jaysh al-Fath” qurolli koalitsiyasi guruhlari Ramus chetidagi sement zavodi yaqinida armiya marralariga hujum qildi — ushbu hudud hukumat qo‘shinlarining mudofaa sarhadlaridan biri hisoblanadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Shaharning sharqiy tumanlarida, Snoubarat tepaliklari, “al-Hikma” maktabi va “Proyekt–1070” mittitumani yaqinida jangarilar yorib kirishga urindi, ammo butun front bo‘ylab ularning hujumlari qaytarildi.
To‘qnashuvlarda kamida 35 jangari o‘ldirildi. Shuningdek, artilleriya olovi 15 zirhli texnika birligini yo‘q qildi.
Asosiy kuchlar shahar janubidagi harbiy o‘qishlar majmuiga qaratilgan — hukumat qo‘shinlari o‘tgan hafta jangarilar qo‘liga o‘tgan binolarni qaytarib olmoqchi. Ta’kidlanishicha, jangarilar, o‘rab olinganiga qaramay, madad kuchlari yetib kelishi umidida qarshilik ko‘rsatishni davom ettirmoqda.
Izoh (0)