Rim papasi Fransisk o‘zi boshqarayotgan Rim katolik cherkovini yana bir bora insonlarga yaqinroq bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
An’anaviy yakshanba kungi “Angelus” va’zi bilan Vatikandagi Avliyo Pyotr maydoniga to‘plagan minglab ziyoratchilarga murojaat qilar ekan, papa cherkov amaldor va byurokratlarga emas, ehtirosli missionerlar va samimiy e’tiqod sohiblariga muhtoj ekanligini aytdi.
15-avgust, dushanba kuni katoliklar Bibi Maryam me’roji kunini nishonlaydi. Italiyada shu kundan “Ferragosto” yozgi ta’tillari boshlanadi.
Izoh (0)