JAR vakili bo‘lgan paralimpiyachi yengil atlet, dugonasini o‘ldirgani uchun olti yilga qamalgan Oskar Pistorius qamoqxonada hamshiralar uni zaharlamoqchi bo‘lganini aytdi. Bu haqda, Mirror nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mart oyida Pistorius zaharlanishdan qo‘rqqani bois faqat konservalangan sabzavot mahsulotlari bilan oziqlanayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 7-avgust kuni atlet Pretoriyadagi shifoxonaga bilaklari kesilgan holda olib kelindi. Pistorius to‘shakdan yiqilgani bois bunday jarohatlar olganini aytdi, ammo ko‘pchilik u ataylab bilaklarini kesganini taxmin qildi.
Sportchi uch hamshira ustidan shikoyat xati yozdi. Maktubda Pistorius hamshiralar uni zaharlamoqchi bo‘lganini aytdi. Shundan so‘ng u qamoqxona ma’muriyatiga murojaat qilib, uni boshqa yerga ko‘chirishni so‘radi, ammo rad javobini oldi.
Izoh (0)