O‘zbekistonlik dzyudochilarning Rio—2016 Olimpiadasidagi so‘nggi jangini Abdulla Tangriyev mezbon sportchi Silvaga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berdi.
3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda Tangriyev bronza medalini qo‘ldan chiqardi. Shu tariqa dzyudo terma jamoasining O‘zbekiston delegatsiyasi uchun taqdim etgan medali 2 taligicha qoldi: Diyorbek O‘rozboyev va Rishod Sobirov bronza medallariga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik sportchi yarim finalga qadar uch nafar raqibining kuragini yerga tekkazib, ularning barchasini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi. Bular: samoalik Derek Sua, ruminiyalik Daniel Natya hamda qirg‘izistonlik Yuriy Krakovetskiy.
Abdulla Tangriyev 2007-yil aynan Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatini bronza medali bilan yakunlagandi.