O‘zbekistonlik dzyudo ustasi Abdulla Tangriyev Rio—2016 Olimpiadasining final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yaponiyalik Xisayoshi Xarasavaga qarshi gilamga chiqdi.
Ketma-ket uchta jangda ishtirok etgan Tangriyevda toliqish alomatlari sezildi va yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi u 3-o‘rin uchun bellashuvda braziliyalik Silvaga qarshi tatamiga chiqadi. O‘sha bellashuvdagi g‘alaba Tangriyevga Olimpiadaning bronza medallarini taqdim etishi mumkin. Yaponiyalik Xarasava esa oltin medal uchun fransiyalik Teddi Riner bilan bellashadi.
O‘zbekistonlik sportchi yarim finalga qadar uch nafar raqibining kuragini yerga tekkazib, ularning barchasini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi. Bular: samoalik Derek Sua, ruminiyalik Daniel Natya hamda qirg‘izistonlik Yuriy Krakovetskiy.
Abdulla Tangriyev 2007-yil aynan Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatini bronza medali bilan yakunlagandi.
Izoh (0)