BMT Xavfsizlik kengashi Janubiy Sudanda bo‘lib o‘tayotgan qonli mojaro hududidagi tinch aholini himoya qilish uchun BMTning tinchlikparvarlik missiyasi tarkibidagi 4 ming kishidan iborat guruhni jo‘natishga ruxsat berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tegishli qaror 12-avgust, juma kuni aksariyat ovoz bilan qabul qilindi. Hujjat Xavfsizlik kengashiga a’zo 11 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa, Rossiya, Venesuela, Misr va Xitoy betaraf qoldi.
4 ming kishidan iborat guruh o‘z ichiga Rivojlanish bo‘yicha davlatlararo tashkilot mamlakatlarining harbiylarini o‘z ichiga oladi.
Hujjatda qayd etilishicha, missiya Janubiy Sudanda 2016-yilning 15-dekabriga qadar bo‘ladi.
Izoh (0)