Xitoyda internet orqali chakana savdo hajmi 2016-yilning yanvar—iyul oylari yakuni bo‘yicha o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 27,5 foizga, ya’ni 2,6268 trillion yuanga (395 milliard dollar) oshdi. Bu haqda XXR Davlat statistika boshqarmasi tomonidan 12-avgust, juma kuni e’lon qilingan hisobotda so‘z yuritiladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Internet orqali xarid qilish Xitoy aholisi uchun odatga aylanmoqda. Bu ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Vaziyat shu darajagacha yetmoqdaki, kompaniyalarning bir qismi o‘z mahsulotlarini faqat internet orqali sota boshladi”, — deydi boshqarma rasmiy vakili Shen Layyun.
Hisobotda ta’kidlanishicha, internet savdoning Xitoy aholisi jami iste’mol hajmidagi ulushi 11,6 foizga yetgan.
Hozirgi paytda Xitoy hukumati internet bilan birga elektron savdoni ham rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Izoh (0)