Turkiya milliy terma jamoasi va “Galatasaroy” klubining sobiq hujumchisi Hoqon Shukur davlat to‘ntarishida ayblandi, deb xabar berdi “Chempionat”. Manbaning L'Equipe’ga asoslanib ma’lum qilishicha, Turkiyaning afsonaviy futbolchilaridan birini qo‘lga olish borasida order tayyorlangan.
Shukur va uning otasi Selmet Shukur qurollangan terrorchilik tashkilotiga a’zo deb gumon qilingan. Bunda gap davlat to‘ntarishining asoschisi sifatida ko‘rilayotgan Fathulloh Gyulenga borib taqalishi bildirilgan.
Hoqon Shukur Turkiya terma jamoasi uchun 112 ta o‘yinda ishtirok etib, 51 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘z vaqtida “Galasaroy”, “Inter”, “Blekbern”, “Torino”, “Parma” kabi mashhur futbol klublari sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)