Tailandda 12-avgust, juma kuni mamlakatda yuz bergan bir qator portlashlarga aloqadorlikda gumonlanayotgan bir necha kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Thai PBS telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Qo‘lga olish tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Shuningdek, Tailand politsiyasi qirollik hududidagi portlashlarga xalqaro terrorchilik tashkilotlarining aloqador ekanligini istisno etmoqda. “Vaziyatning xalqaro terrorizmga aloqasi yo‘q. Bu turizm milliy sanoatini vayron etishga qaratilgan mahalliy qarshilikdir”, — dedi Tailand politsiyasi rasmiy vakili.
Shu bilan bir paytda mamlakat sayyohlik politsiyasi sayyohlar ommaviy to‘planadigan barcha hududlarda qo‘shimcha politsiya postlari paydo bo‘lishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand bosh vazir Prayut Chan-Ocha mamlakat hududida yangi portlashlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni qabul qilish haqida farmoyish berganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)