Dunyodagi eng boy yer egalaridan biri, oltinchi Vestminster gersogi Jerald Kevendish Grovno yurak xuruji tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
64 yoshli gersog Angliyaning Preston shahridagi gospitalda olamdan o‘tdi. Shahar koronerlik xizmati uning o‘limi tabiiy sabablarga ko‘ra ro‘y bergani bois tergov o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. O‘limning rasmiy sababi — miokard infarkti.
Mashhur lendlord 9-avgust, seshanba kuni qazo qildi. Lankashir grafligi politsiyasi ma’lumotiga qaraganda, u Traf-of-Baulend vodiysida sayr qilib yurganida to‘satdan o‘zini yomon his eta boshlagan. Gersog Abbisted oilaviy uyidan Preston qirollik gospitaliga yetkazildi, lekin shifokorlar unga yordam bera olmadi.
Izoh (0)