Rio—2016 Olimpiadasida 70 nafar sportchi bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi o‘zi uchun to‘rtinchi medalni kafolatladi.
Dzyudo sport turida ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi: Diyorbek O‘rozboyev hamda Rishod Sobirov.
Boks sport turida o‘zbekistonlik sportchilarni mag‘lub etadigani hozircha topilmadi. Avvaliga Rustam To‘laganov musobaqaning yarim finaliga yo‘llanma olgan bo‘lsa, uning ketidan Hasanboy Do‘stmatov shu vazifani bajardi. Bu esa O‘zbekiston delegatsiyasi uchun 4 ta bronza medalini aniq kafolatladi.
O‘z vazn toifasida yarim finalga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik bokschilarda oltin medallar uchun kurashish imkoniyati bor. 12—13-avgust kunlari ular yarim final jangini o‘tkazadi.
Medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarDiyorbek O‘rozboyev
Dzyudo — bronzaRishod Sobirov
Dzyudo — bronza
Rustam To‘laganov
Boks — eng kamida bronza (kurash davom etadi)Hasanboy Do‘stmatov
Boks — eng kamida bronza (kurash davom etadi)
Izoh (0)